Indoneziyada boks boʻyicha U-23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati ham nihoyasiga yetdi.
Unda oʻzbekistonlik yigitlar 4 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamgʻarib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi.
🥇 Oltin medal:
-65 kg: Ilhomjon Ergashev
-70 kg: Abdulloh Madaminov
-80 kg: Fazliddin Erkinboyev
+90 kg: Ozodbek Aliyev
🥈 Kumush medal:
-85 kg: Norbek Abdullayev
-90 kg: Samir Sobirov
🥉 Bronza medal:
-55 kg: Faryozbek Doʻsmatov
-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov
-75 kg: Abdulaziz Abdulhamidov
Bungacha Oʻzbekiston U-19 jamoasi ham qitʼa chempionatida eng yuqori oʻrinni egallagandi.
Boks. Oʻzbekiston U-23 jamoasi ham Osiyo chempionatida tengsiz boʻldi
Boks
16 iyul, 16:35
Bu toifada jami 10 ta medal qoʻlga kiritildi.
Foto: Olympic uz