Jakarta shahrida boks bo'yicha qit'a birinchiligining U-19 yosh toifasidagi bellashuvlari yakunlandi.
Finalga yo'l olgan o'zbekistonlik 8 bokschidan 7 nafari g'alaba qozonib, oltin medallarga sazovor bo'ldi. Yakunda O'zbekiston 7 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.
🥇 Oltin medal:
-50 kg: O'tkirbek Norqosimov
-55 kg: Elyor Rustamov
-60 kg: Muhammadrizo Ukimov
-75 kg: Suhrob Rahmatullayev
-80 kg: Abror Sharipov
-85 kg: Sardor Bahromxo'jayev
-90 kg: Asadbek Sultanboyev
🥈 Kumush medal:
+90 kg: Islom Salihov
🥉 Bronza medal:
-70 kg: Saidxo'ja Sadillaxo'jayev
Boks. O'zbekistonlik yigitlar U-19 Osiyo chempionatida birinchi bo'lishdi
Boks
16 iyul, 11:40
8 finalchining 7 nafari chempionlikni qo'lga kiritdi.
Foto: Olympic uz