«Qo‘qon-1912» yozgi transferlar oynasidagi navbatdagi transferini e'lon qildi.
«Selektsiya ishlarini olib borayotgan «shunqorlar»ning navbatdagi nishoni — iqtidorli himoyachi Ibrohim Yo‘ldoshev. U 2026 yilgi mavsumning birinchi qismida «Andijon» safida o‘ynadi.
Ma'lumot uchun, Yo‘ldoshev 1999 yilning 5 iyun kuni Toshkentda dunyoga kelgan. 26 yoshli futbolchi «Paxtakor», «Metallurg», «Surxon», «Dinamo», «Navbahor», «Lokomotiv» hamda «Andijon»da to‘p tepgan.
Qolaversa, himoyachi o‘z vaqtida O‘zbekiston U-19, U-21 va U-23 jamoalarida harakat qilgan.
Ibrohim, «Qo‘qon-1912»ning ahil oilasiga xush kelibsiz!» — deb yozadi klub matbuot xizmati.
«Qo‘qon-1912» Ibrohim Yo‘ldoshev transferini e'lon qildi
Futbol
16 iyul, 17:20
26 yoshli himoyachi vodiyning bir klubidan boshqasiga o'tdi.
Foto: FC Kokand-1912