Bu haqda O‘zbekiston futbol hakamlari markazi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi orqali xabar berdi.
Prezidentning 262-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda futbol uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida mamlakatimiz stadionlarida markazlashgan «VAR» tizimidan foydalanish uchun maxsus texnikalarni o‘rnatish ishlari jadal davom etmoqda.
Hozirda «Qo‘qon-1912» stadioniga «VAR» texnikalarini joylashtirish ishlari to‘liq yakunlandi. Mazkur sa’y-harakatlar hakamlik qarorlarining haqqoniyligini ta’minlash, shuningdek, o‘zbek futbolining xalqaro standartlarga mosligini oshirishga xizmat qiladi.