Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente vinger Lamin Yamalning jahon chempionati-2026dagi o‘yini haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Mundialning 5 o‘yinida futbolchi 1 ta gol urdi.
«Siz Laminnning ishtiyoqini ko‘rganingizda, u raqiblar uchun juda xavfli ekanligini bilasiz. Shunday ekan biz uni ruhlantirishimiz va motivatsiya berishimiz zarur, lekin bunda me’yorni unutmaslik muhim. Yaxshi kunlar oldinda, sababi u hali biz kutgan o‘yinni ko‘rsata olmayapti.
Kuni kecha [Portugaliyaga qarshi bahsda] o‘yin ssenariysi maydondaligida uni himoyada ham ter to‘kishga majbur qildi. Lamin yuqori darajasini ko‘rsata oldi va endi undan hujumkor harakatlarda ham o‘z kuchini ko‘rsatishini kutib qolamiz», — deya de la Fuente so‘zlaridan iqtibos keltirdi Cadena Ser.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi