Live
1
O'zbek

«Barselona» mundialdan keyin Alvares uchun «Atletiko»ga 130 mln yevro taklif qiladi

Futbol
10 iyul, 09:42
Klublar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.
«Barselona» mundialdan keyin Alvares uchun «Atletiko»ga 130 mln yevro taklif qiladi
Foto: Getty Images

Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

«Barselona» va Madridning «Atletiko» klublari o‘rtasida hujumchi Xulian Alvares transferi borasidagi muzokaralar davom etmoqda. Kataloniyaliklar jahon chempionatidan keyin forvard uchun 130 mln yevro taklif qilishni maqsad qilgan.

Manbaning xabariga ko‘ra, bu «Barselona» taklif qilishi mumkin bo‘lgan maksimal summa hisoblanadi. Taklif har qanday holatda ham 150 mln yevrogacha oshirilmaydi. «Ko‘k-anorranglilar» hali ham Alvares Kataloniya klubi safiga ko‘chib o‘tishni istayotganiga ishonmoqda va bu muzokaralardagi muhim omil bo‘ladi, deb hisoblashmoqda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum Alvares barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning yozigacha amal qiladi.

Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 100 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar