Superliga ishtirokchisi "Xorazm" klubi nazorat bellashuvida "Orol" bilan kuch sinashdi.
Toshkent viloyatidagi bahsda urganchliklar 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Sergey Tokov jamoasi safida Abbos Otaxonov dubl qayd etdi. Nukusliklarning yagona goli Mark Krasnov hisobiga yozildi.
Nazorat oʻyini
Orol – Xorazm 1:2
Gollar: Krasnov 83 – Otaxonov 15, 33 penalti.