"Xorazm" klubi yozgi tanaffusdagi navbatdagi transferlarini e'lon qildi.
Voha klubi so'nggi mavsumlarni "So'g'diyona"da o'tkazgan yarimhimoyachilar Suhrob Izzatov va Umid Sultonov bilan shartnoma imzolashdi.


27 yoshli Izzatov bu mavsumda Superligada 8 ta o'yinda 2 bor sariq kartochka olgan, 23 yoshli Sultonov esa birorta bahsda maydonga tushmagan.
“Xorazm” avvalroq “Dinamo” hujumchisi Ulugʻbek Hoshimov bilan ham bitim tuzgandi.