"Chelsi" yarim himoyachisi Andrey Santos faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Offside Caught nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, braziliyalik futbolchi "qizil iblislar"ning taklifini qabul qilishga tayyor. Andrey "ko'klar"ni tark etishga qarshi emas. U ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish tarafdori.
O'z navbatida London klubi esa o'z futbolchisini 50 million funt sterlingga baholamoqda.
Santos shu vaqtga qadar "Chelsi" safida jami 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgani va 5 ta assistni qayd etgani ma'lum.