«Chelsi» hujumchisi Liam Delap yozgi transfer oynasida klubini tark etishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 23 yoshli futbolchi yangi bosh murabbiy Xabi Alonso qo'l ostida o'zini namoyon etishga harakat qilib ko'rmoqchi. Shundan keyingina u kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilishi mumkin.
«Chelsi» Delapni o'tgan yozda «Ipsvich»dan 35,5 million yevro evaziga o'z safiga qo'shib olgandi. Hujumchi shu vaqtgacha London klubi safida 41 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, angliyalik futbolchining «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.