Ispaniya milliy jamoasi Jahon chempionati 1/8 finalida Portugaliyaga qarshi o'tkaziladigan bahs oldidan so'nggi mashg'ulotini o'tkazdi. Undagi asosiy yangiliklardan biri qanot hujumchisi Niko Uilyamsning umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytgani bo'ldi.
«Atletik» futbolchisi jamoadoshlari bilan to'liq mashg'ulot olib bordi. Shu tariqa bosh murabbiy Luis de la Fuente turnir boshlanganidan buyon ilk bor o'z ixtiyoridagi barcha futbolchilarga tayanishi mumkin.
Biroq Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, Uilyams hali asosiy tarkibda maydonga tushishga to'liq tayyor emas. Kutilishicha, u Portugaliyaga qarshi bahsni zaxira o'rindig'idan boshlaydi.
Shuningdek, avvalroq sog'lig'ida muammolar kuzatilgan Viktor Munyos hamda Yeremi Pino ham to'liq tiklanib, mashg'ulotlarga qaytgan.
Eslatib o'tamiz, Portugaliya va Ispaniya o'rtasidagi Jahon chempionati 1/8 final bahsi 6 iyul kuni bo'lib o'tadi.