Bugun
15
O'zbek

JCH-2026. Holandning dubli Braziliyani 1/8 finaldayoq uyiga ravona qildi

Futbol
5 iyul, 18:10
Anchelotti jamoasi Neymar zaxiradan tushgach, gollar o'tkazib yubordi. Norvegiya ertagi davom etadi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
JCH-2026. Holandning dubli Braziliyani 1/8 finaldayoq uyiga ravona qildi
Foto: Getty Images
05.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Braziliya Braziliya 1 : 2 Norvegiya Norvegiya

Jahon chempionatida 1/8 final bahslari davom etmoqda.

Markaziy o‘yinlardan birida Braziliya va Norvegiya o‘zaro to‘qnash keldi. Bellashuv taqdirini Holandning dubli hal qildi. Uning gollariga Shelderup assistentlik qildi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Neymar penaltidan bir bor javob berdi.

E’tiborli tomoni, vikinglar posboni Nyuland o‘yin boshida penaltini qaytardi. Shuningdek, yana bir nechta vaziyatlarda jamoasi joniga ora kirdi.

Holand turnirdagi gollarini 7 taga yetkazib, to‘purarlar Messi va Mbappe bilan tenglashdi.

Norvegiya chorak finalda Meksika — Angliya juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

JCH-2026. 1/8 final
Braziliya — Norvegiya 1:2

5 iyul, Ist-Ruterford
Gollar: Neymar (90+10, penalti) — Holand (79, 90).
Foydalanilmagan penalti: Gimarayes (14).
Braziliya — Alisson, Danilo, Markinos, Gabriel, Duglas, Kazemiro, Gimaraes (Ederson, 79), Rayan (Danilo, 67), Martinelli (Neymar, 67), Vinisius, Kunya (Endrik, 58).
Norvegiya — Nyuland, Ryuerson (Eursnes, 63), Ayer, Heggem, Volfe (Ostigor, 90+5), Edegor, Berge, Berg, Nusa (Shelderup, 46), Syorlot (Bobb, 46), Holand.
Ogohlantirish: Neymar (90+6).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Norvegiya Norvegiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar