Bugun
2
O'zbek

Anchelotti so'nggi bir yarim yil ichida birorta ham musobaqada g'olib chiqa olmadi.

Futbol
6 iyul, 01:50
Italiyalik mutaxassis so'nggi bor 2024 yil dekabr oyida sovrin yutgandi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Anchelotti so'nggi bir yarim yil ichida birorta ham musobaqada g'olib chiqa olmadi.
Foto: Getty Images
05.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Braziliya Braziliya 1 : 2 Norvegiya Norvegiya

Braziliya milliy jamoasi 2026 yildagi jahon chempionati 1/8 final bosqichida Norvegiyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'lib, musobaqani tark etdi.

Janubiy Amerika jamoasiga turnir davomida 67 yoshli murabbiy Karlo Anchelotti bosh murabbiylik qildi. Qayd etish lozim, italiyalik mutaxassis so'nggi bir yarim yil ichida birorta ham musobaqada g'olib chiqa olmadi.

2025 yilda uning boshqaruvidagi "Real" na La Liga, na Chempionlar Ligasi, na Ispaniya superkubogi va na Ispaniya kubogini qo'lga kirita oldi. 2024/2025 yilgi mavsum yakunlanganidan so'ng murabbiy Madrid klubini tark etib, Braziliya milliy jamoasi boshqaruvini qabul qildi.

Umuman olganda, Anchelotti jamoalari 2024 yil dekabr oyidan buyon hech qanday sovrin yuta olmayapti. O'shanda "Real" FIFA Qit'alararo kubogini qo'lga kiritgandi. Madridliklar ushbu turnir doirasida faqat finalda maydonga tushib, "Pachuka"ni 3:0 hisobida mag'lub etgan.

Undan avval, 2024 yil avgust oyida "qaymoqranglilar" "Atalanta"ni 2:0 hisobida engib, UEFA superkubogini qo'lga kiritgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Norvegiya Norvegiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar