Bugun
2
O'zbek

Solbakken: "Haqiqiy triller bo‘ldi. Norvegiyaning har bir fuqarosi bu oqshomdan zavq olishi kerak"

Futbol
6 iyul, 07:05
Vikinglar ustozining Braziliya ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Solbakken: "Haqiqiy triller bo‘ldi. Norvegiyaning har bir fuqarosi bu oqshomdan zavq olishi kerak"
Foto: Getty Images
05.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Braziliya Braziliya 1 : 2 Norvegiya Norvegiya

Norvegiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Stole Solbakken Jahon chempionati-2026 1/8 finalidan oʻrin olgan Braziliyaga (2:1) qarshi bahsdan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

«Menimcha, bugun Norvegiyaning har bir fuqarosi bu oqshomdan zavq oladi. Bu haqiqiy triller bo‘ldi. O‘yin har ikki jamoa foydasiga ham yakunlanishi mumkin edi. Ammo biz taktik jihatdan juda puxta o‘yin namoyish etdik.

To‘pni yo‘qotgan ayrim vaziyatlarimiz bizga qimmatga tushishi mumkin edi. Biroq umumiy hisobda barchasi bizning foydamizga hal bo‘ldi va bu bilan juda ham faxrlanishimiz kerak», — deya Solbakkenning so‘zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Norvegiya Norvegiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar