Bugun
2
O'zbek

«FIFA, qayerga qarab ketyapsan?» — Blatter Balogun ishi haqida

Futbol
6 iyul, 04:00
Tashkilotning sobiq prezidenti AQSH hujumchisining diskvalifikatsiyasi to'xtatilganini keskin tanqid qildi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
«FIFA, qayerga qarab ketyapsan?» — Blatter Balogun ishi haqida
Foto: Getty Images
05.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Braziliya Braziliya 1 : 2 Norvegiya Norvegiya

FIFA'ning sobiq prezidenti Yozef Blatter Folarin Balogunning diskvalifikatsiyasi kechiktirilganiga munosabat bildirdi.

AQSH milliy jamoasi hujumchisiga Jahon chempionati-2026ning 1/8 final bosqichida Belgiya qarshi bahsda maydonga tushishga ruxsat berildi. U 1/16 finaldan o'rin olgan Bosniya va Hertsegovinaga (2:0) qarshi bellashuvda Tarik Muharemovichning to'pig'iga tepganligi uchun qizil kartochka olib, maydondan chetlatilgandi.

Balogunga berilgan bir o'yinlik diskvalifikatsiya FIFA tomonidan bir yillik sinov muddati bilan to'xtatib turildi.

Shuningdek, AQSH prezidenti Donald Tramp futbolchining diskvalifikatsiyasi bo'yicha qarorni qayta ko'rib chiqishni so'rab, FIFA prezidenti Janni Infantinoga qo'ng'iroq qilgani ma'lum bo'ldi.

«Qizil kartochkalar siyosiy qo'ng'iroqlar bilan bekor qilinmaydi. Ular qoidalar, dalillar va mustaqil organlar qarori asosida bekor qilinadi.

Agar AQSH prezidenti FIFA prezidentining ishlariga aralashsa va pley-off o'yini arafasida futbolchining diskvalifikatsiyasi to'satdan bekor qilinsa, tabiiy savol tug'iladi: «FIFA, sen qayoqqa qarab ketyapsan?»

Futbol hech qachon siyosiy o'yinlar maydoniga aylanmasligi kerak»,
— deb yozdi Yozef Blatter ijtimoiy tarmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Norvegiya Norvegiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar