Norvegiya milliy jamoasi hujumchisi Erling Holand JCH-2026 1/8 finalidan oʻrin olgan Braziliyaga (2:1) qarshi oʻyindan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
25 yoshli forvard bellashuvda dublga erishib, bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
«Ehtimol, bu voqea Norvegiya tarixidan joy olar. Hozir hamma faqat shu lahzadan zavq olishi kerak. Bu aql bovar qilmaydi — Norvegiya futboli tarixidagi eng unutilmas kunlardan biri. Sodir bo'layotgan voqealardan xursand bo'lish va bu onlarni qadrlash lozim.
Bu natijadan juda faxrlanamiz. Braziliyaga qarshi o'yin, shubhasiz, Norvegiya uchun eng muhim voqealardan biri bo'ldi. O'ylaymanki, bu g'alaba ko'plab yoshlarga ilhom bag'ishlaydi. Men ham yoshlikda shunday g'alabalardan ruhlanganman. Har kim Norvegiya futboli tarixidagi eng yirik g'alabadan zavq olishi kerak. Buni so'z bilan ifodalash qiyin, hammasi shunchaki ajoyib.
Har bir o'yin o'ziga xos. Bizga kamida bitta imkoniyat kerak edi. Eng muhimi — o'sha imkoniyatni kutish va u kelganida undan samarali foydalanish edi.
Bosh bilan urilgan gol hisobni 1:0 ko'rinishiga keltirdi. Ikkinchi gol esa haqiqiy mo''jiza bo'ldi, buni tasvirlash qiyin. Bu — Norvegiya tarixidagi eng buyuk o'yin. Biz Kot-d’Ivuar va Braziliya ustidan qo'lga kiritilgan g'alabalar bilan faxrlanamiz», — deya Holandning so'zlarini keltiradi ESPN.
Holand: «Bu — Norvegiya tarixidagi eng buyuk o'yin. Bu g'alaba ko'plab yoshlarga ilhom bag'ishlaydi»
Futbol
6 iyul, 05:00
Hujumchi Braziliya ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Foto: Getty Images
05.07.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Braziliya
1
:
2
Norvegiya