Live
1
O'zbek

Rodri: «Ehtimol, Portugaliyada tarixdagi eng kuchli avlod shakllangan»

Futbol
5 iyul, 14:33
Ispaniya yarimhimoyachisi 1/8 final oldidan raqibning kuchini alohida ta'kidladi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Rodri: «Ehtimol, Portugaliyada tarixdagi eng kuchli avlod shakllangan»
Foto: Getty Images
06.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - Ispaniya Ispaniya

Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Rodri JCH-2026dagi jamoasi o‘yini va Portugaliyaga qarshi bo‘ladigan 1/8 final uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

«Biz o‘yinimizni sezilarli darajada yaxshilashimiz mumkin. Turnir uzoq davom etadi, bunday musobaqalarda ishtirok etish tajribamiz bor. Aynan shunday pallalarda eng yaxshi futbolimizni namoyish etishimiz kerak.

Portugaliya har doim noqulay raqib bo‘lib kelgan. Biz bir-birimizni juda yaxshi bilamiz va, ehtimol, hozir ularda tarixdagi eng kuchli futbolchilar avlodi shakllangan. G‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solishimiz kerak.

Ularning tarkibi yulduz futbolchilarga boy, deyarli barcha chiziqlarda kuchli ijrochilarga ega. Ammo biz maydonda aynan o‘zimiz kuchliroq ekanimizni isbotlashga harakat qilamiz», — dedi Rodri.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya JCH-2026 1/16 finalida Avstriyani 3:0 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l olgan.

Ma'lumot uchun, Portugaliya — Ispaniya uchrashuvi 6 iyul kuni JCH-2026 1/8 finali doirasida bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar