Live
1
O'zbek

Angliya Meksikaga qarshi bahs oldidan himoyachisidan ayrildi

Futbol
5 iyul, 14:44
Jed Spens sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo sabab JCH-2026 1/8 finalida maydonga tusha olmaydi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Angliya Meksikaga qarshi bahs oldidan himoyachisidan ayrildi
Foto: Getty Images
05.07.2026, 20:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Meksika Meksika - : - Angliya Angliya

Angliya milliy jamoasi himoyachisi Jed Spens JCH-2026 1/8 finalida Meksikaga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Sky Sports jurnalisti Rob Dorsettning xabariga ko‘ra, «Tottenhem» futbolchisi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli bahsda ishtirok eta olmaydi.

Manbaga ko‘ra, Spensning o‘rnini chap qanot himoyasida «Arsenal» yarimhimoyachisi Deklan Rays yoki «Bayer» himoyachisi Jarrell Kuansa egallashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Jed Spens JCH-2026da Angliya milliy jamoasining barcha to‘rtta uchrashuvida maydonga tushgan, biroq samarali harakat qayd eta olmagan.

Ma'lumot uchun, Meksika — Angliya uchrashuvi 6 iyul kuni Mexikodagi mashhur «Asteka» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs g‘olibi chorakfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Meksika Meksika
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar