Angliya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Gari Lineker «uch sherlar» markaziy hujumchisiga nimalar yetishmayotgani haqida fikr bildirdi.
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, 32 yoshli Keyn — ingliz futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchi. Ammo, Linekerning fikricha, u yana ham o‘sishi mumkin.
«Uning to‘pni qabul qilishi va so‘ngra uni nazorat qilishi, uning uzatmalari aniqligi va o‘yinini ko‘ra olishi - bu hayratlanarli. Harrida hammasi bor. Unga yetishmayotgan narsa, ehtimol, ozgina tezlikdir», - deydi Lineker Mundo Deportivo nashriga.
Ma’lumot uchun, Keyn jahon chempionati-2026 doirasidagi 4 bahsda 5 ta to‘p kiritdi. Yaqinda «Bavariya» futbolchisi mundiallarda milliy jamoa safidagi gollar bo‘yicha Linekerning rekordini yangiladi.