Erve Renar Tunis milliy jamoasi bosh murabbiyligidan ketganini rasman ma'lum qildi.
Fransiyalik mutaxassis JCH-2026dagi muvaffaqiyatsiz ishtirokdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali jamoa bilan xayrlashdi.
«Ketishdan oldin menga JCH-2026da ishlash imkoniyatini bergani uchun federatsiyaga samimiy minnatdorlik bildiraman. Tunis sharafini himoya qilish va bu unutilmas tajribani boshdan kechirish men uchun katta faxr bo‘ldi.
Tunis milliy jamoasiga kelgusida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Ishonamanki, jamoa rivojlanishda davom etadi, butun mamlakatni xursand qiladi va o‘z tarixiga yana yorqin sahifalarni yozadi.
Ushbu yo‘lda men bilan birga bo‘lgan barchaga rahmat. Sarguzashtim shu yerda yakunlandi», — dedi Renar.
Eslatib o‘tamiz, Erve Renar Tunis milliy jamoasi boshqaruviga JCH-2026 guruh bosqichining 1-turidan keyin, jamoa Shvetsiyaga 1:5 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng tayinlangandi. Tunis guruh bosqichidayoq mundial bilan xayrlashdi.
Ma'lumot uchun, Renar faoliyati davomida Zambiya, Angola, Kot-d’Ivuar va Marokash milliy jamoalarini ham boshqargan.