Live
1
O'zbek

Oyarsabal: “Portugaliyani hurmat qilamiz, ammo undan qo‘rqmaymiz”

Futbol
4 iyul, 16:15
Ispaniyalik futbolchi bo‘lajak bahs oldidan fikr bildirdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Oyarsabal: “Portugaliyani hurmat qilamiz, ammo undan qo‘rqmaymiz”
Фото: Getty Images
06.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - Ispaniya Ispaniya

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Mikel Oyarsabal jahon chempionati 1/8 finalida Portugaliyaga qarshi bo‘ladigan bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bu elita darajasidagi jamoa, ajoyib futbolchilarga ega super jamoa. Biz ularni juda hurmat qilamiz, lekin, albatta, qo‘rqmaymiz.

O‘z kuchimizga ishonamiz va istalgan raqib bilan teng kurasha olishimizga aminmiz. Buni so‘nggi yillar davomida bir necha bor isbotlaganmiz.

Oldimizdagi uchrashuvga imkon qadar yaxshi tayyorlanishga harakat qilamiz. Raqibni tahlil qilamiz, videolarni ko‘rib chiqamiz va taktik rejani belgilaymiz.

Menimcha, eng muhimi — o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratish va yaqinda namoyish etgan futbolimizni yana takrorlashga intilish”, — dedi Oyarsabal Marca nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya va Ispaniya bellashuvi 6 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar