Bugun
16
O'zbek

Yamal: «Ronaldunga qarshi oʻynash sharaf, ammo faqat gʻalaba haqida oʻylayapman»

Futbol
4 iyul, 00:45
Ispaniyalik vinger jamoasining kuchiga ishonmoqda.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Yamal: «Ronaldunga qarshi oʻynash sharaf, ammo faqat gʻalaba haqida oʻylayapman»
Foto: Getty Images
06.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - Ispaniya Ispaniya

Ispaniya milliy jamoasi vingeri Lamin Yamal JCH-2026 1/8 finaliga chiqqanidan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

2 iyul kuni ispaniyaliklar Avstriyani 3:0 hisobida magʻlub etishdi. Keyingi bosqichda ular Xorvatiyani 2:1 hisobida yenggan Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi.

«Yanada oʻsishda davom etishimiz kerak — oʻyin sifati, shiddat va barcha jihatlarda. Lekin oʻz darajamizni yaxshi bilamiz va hech qaysi jamoadan qoʻrqmaymiz. Biz Ispaniyamiz va buni maydonda isbotlashimiz shart. Oʻz kuchimizga ishonamiz.

Albatta, Krishtianuga qarshi oʻynash men uchun sharaf boʻlardi. Ammo hozir faqat gʻalaba haqida oʻylayapman. Qaysi jamoa bizga raqib boʻlishi esa men uchun mutlaqo ahamiyatli emas», — deya Yamalning soʻzlarini keltiradi Marca.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar