Jahon chempionatlarida penaltilar seriyasini birinchi bo'lib boshlagan jamoalar so'nggi 14 ta «lotereya»ning atigi 2 tasida g'alaba qozondi.
Avvalroq JCh-2026ning 1/16 final bosqichida Avstraliya Misrga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergandi (asosiy vaqt — 1:1, pen — 2:4). «Kengurular» birinchi bo'lib zarba berishni boshlashdi va jamoa sardori Harri Suttar dastlabki urinishniyoq aniq amalga oshira olmadi.
Shu tariqa, mundiallardagi so'nggi 14 ta seriya bo'yicha birinchi bo'lib penalti tepgan jamoalarning g'alaba ko'rsatkichi atigi 14 foizni tashkil etmoqda. Tarixan esa Jahon chempionatlaridagi dastlabki 24 ta penaltilar seriyasining 15 tasida (63 foiz) birinchi bo'lib zarba bergan jamoalar g'olib chiqqan.
JChda so'nggi 14 ta penaltilar seriyasining faqat 2 tasida birinchi bo'lib zarba bergan jamoa g'olib chiqqan
Futbol
3 iyul, 21:35
So'nggi mundiallardagi seriyalarda asosan ikkinchi bo'lib penalti tepganlar ustun kelmoqda.
Foto: Getty Images
03.07.2026
AP
Jahon chempionati (JCH-2026)
Avstraliya
(2)
1
:
1
(4)
Misr