Misr milliy jamoasi o'z tarixida ikkinchi marta jahon chempionatining 1/8 final bosqichiga yo'l oldi.
Hussam Hassan boshchiligidagi jamoa 2026 yilgi jahon chempionati 1/16 final bosqichida Avstraliyani mag'lub etdi (1:1, penaltillar seriyasida — 4:2).
Qayd etish lozim, misrliklar 1934 yilgi mundialdan so'ng ilk bor musobaqaning 1/8 final bosqichida ishtirok etadi. Keyingi bosqichda jamoa Argentina va Kabo-Verde jamoalari o'rtasidagi qarama-qarshilik g'olibiga qarshi maydonga tushadi.
Ma'lumot o'rnida, Misr hozircha Marokash bilan birga 2026 yilgi jahon chempionati nimchorakfinal bosqichiga yo'l olgan ikki Afrika jamoasidan biri bo'lib turibdi.