Kot-d'Ivuarlik yarimhimoyachi Frank Kessie Jiddaning "Al Ahli" klubini tark etdi.
Tomonlar shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erisha olmadi. Frank moliyaviy jihatdan maqsadlariga erishgach, yana raqobatbardosh Yevropa futboliga qaytishga qaror qilgan.
Eng ehtimoliy manzil sifatida Italiya A Seriyasi ko'rilmoqda. Kessie avval ushbu chempionatda "Atalanta" va "Milan" safida o'ynagan.
Shuningdek, u faoliyati davomida "Barselona"da ham to'p tepgan. Avvalroq "Yuventus" Kessie bilan shartnoma imzolashi mumkinligi ma'lum qilingandi.