Live
1
O'zbek

«Yuventus» Kessie bilan shartnoma imzolashi mumkin

Futbol
9 iyun, 06:05
Futbolchi haligacha «Al Ahli» bilan shartnomasini uzaytirmagan.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
«Yuventus» Kessie bilan shartnoma imzolashi mumkin
Foto: Getty Images

«Yuventus» «Milan» sobiq yarimhimoyachisi Frank Kessieni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Janluka di Marcio xabar berdi.

Ivuarlik futbolchi haligacha «Al Ahli» bilan 30 iyun kuni tugaydigan shartnomasini uzaytirmagan. Saudiya klubi unga yiliga 12 million yevro maosh bilan 2 yillik kelishuv taklif qilgan, ammo yarimhimoyachi bu taklifni rad etgan va muzokaralarni to'xtatib turgan.

Qayd etilishicha, Kessie uchun asosiy maqsad — Italiyaga qaytish. Shu bois, so'nggi bir necha oydan beri futbolchiga qiziqish bildirib kelayotgan «Yuventus» yaqin kunlarda uning transferi bo'yicha faol harakatlarni boshlashi kutilmoqda.

Avvalroq «zebralar» Serlot bilan shartnoma borasida kelishib olgani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Al-Ahli Jidda Al-Ahli Jidda
Bugungi yangiliklar