Ispaniyaning "Sevilya" klubi futbolchi Aleksis Sanсhez bilan o'zaro hamkorlikni yakunladi. Chilik hujumchining shartnoma muddati tugagan va u uzaytirilmaydi.
Shunga qaramay, Sanсhez jamoaning Ispaniya oliy divizionidagi o'rnini saqlab qolishda muhim hissa qo'shdi. Hujumchi hamon faoliyatini davom ettirish niyatida, ammo uning keyingi manzili hozircha noma'lum.
Qayd etilishicha, A Seriyaga qaytgan Italiya "Monza" klubi unga qiziqish bildirmoqda. Biroq bu hozircha faqat mish-mish darajasida.
Shuningdek, "Barselona" va "Arsenal" sobiq futbolchisi Yevropada o'ziga yangi klub topa olmasa, faoliyatini Chili chempionatida davom ettirish uchun vataniga qaytishi ham ehtimoldan xoli emas.