«Chelsi» va «Roma» klubi va Fransiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Manu Kone transferi bo‘yicha Rim klubiga 65 mln yevrolik taklif yubordi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Endi yakuniy qaror futbolchi va «Roma» rahbariyatiga bog‘liq. «Chelsi» 25 yoshli yarimhimoyachini tarkibni kuchaytirish uchun muhim nomzod sifatida ko‘rmoqda.
Kone o‘tgan mavsumda A Seriyada 29 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta assist qayd etdi. Shuningdek, u 2 ta sariq kartochka oldi.
Fransiyalik futbolchining «Roma» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyunigacha mo‘ljallangan.