Bugun
15
O'zbek

«Kristal Pelas» Sarrni «Liverpul»ga sotmaydi

Futbol
1 sentabr, 04:54
Senegallik vinger transfer oynasining so‘nggi kunida ham London klubini tark etmaydi.
«Kristal Pelas» Sarrni «Liverpul»ga sotmaydi
Foto: Getty Images

«Kristal Pelas» hujumchisi Ismaila Sarr «Liverpul»ga o‘tmaydi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «burgutlar» mersisaydliklarga 28 yoshli futbolchini sotmasligini bildirgan. Avvalroq «Liverpul» Sarr uchun 47 mln yevro taklif qilgan, biroq bu summa «Kristal Pelas» ko‘rib chiqishga tayyor bo‘lgan narxdan ancha past.

Bundan tashqari, London klubi o‘zining asosiy futbolchilaridan biri bo‘lgan Sarrni umuman sotish variantini ko‘rib chiqmayapti.

Ma'lumot uchun, Sarr yangi mavsumda hozircha maydonga tushgani yo‘q. Uning «Kristal Pelas» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt vingerning bozor qiymatini 45 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kristal Pelas Kristal Pelas
  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar