«Chelsi» yarimhimoyachisi Enso Fernandes «Manchester Siti»ga o‘tishga yaqin. Bu haqda taniqli jurnalist va insayder Janluka Di Martsio xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Fernandes transferni yakunlash uchun bir necha soat ichida Manchesterga jo‘nab ketadi. Avvalroq «Chelsi» argentinalik futbolchi uchun 120 mln funt (140 mln yevro) talab qilayotgani haqida xabar berilgandi.
Enso Fernandes «Chelsi» safida 2023 yil yanvaridan beri to‘p tepmoqda. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2032 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 100 mln yevroga baholamoqda.