Bugun
15
O'zbek

Barkolaning transferi futbol tarixidagi eng qimmat transferlar TOP-10dan joy oldi — Transfermarkt

Futbol
1 sentabr, 05:15
«Liverpul» futbol tarixidagi eng qimmat kelishuvlardan yana birini rasmiylashtirdi.
Barkolaning transferi futbol tarixidagi eng qimmat transferlar TOP-10dan joy oldi — Transfermarkt
Foto: Gettyimages

Fransiyalik vinger Bredli Barkolaning «Pari Sen-Jermen»dan «Liverpul»ga o‘tishi ayni damda futbol tarixidagi eng qimmat 10 ta transferdan biriga aylandi.

Transfermarkt statistik portalining xabar berishicha, Barkolaning 125 million yevrolik transferi futbol tarixidagi eng qimmat TOP-10 kelishuvdan biri bo‘ldi. Madridning «Real» klubi shu yozda «RB Leypsig» vingeri Yan Diomandeni xuddi shuncha mablag‘ evaziga xarid qilgan, 1-yil avval esa «Liverpul» «Bayer»dan Florian Virsning transferi uchun shuncha pul to‘lagan edi. Rekord hali ham to‘qqiz yil oldin hujumchi Neymarning «Barselona»dan «PSJ»ga 222 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan transferiga tegishli bo‘lib qolmoqda.

Transfermarkt talqini bo‘yicha futbol tarixidagi eng qimmat TOP-10 transfer:

1. Neymar (Braziliya) — «Barselona»dan «PSJ»ga 222 mln. € evaziga
2. Kilian Mbappe (Fransiya) — «Monako»dan «PSJ»ga 180 mln. €
3. Usmon Dembele (Fransiya) — «Borussiya» Dormunddan «Barselona»ga 148 mln. €
4. Aleksander Isak (Shvetsiya) — «Nyukasl Yunayted»dan «Liverpul»ga 145 mln. €
5. Morgan Rojers (Angliya) — «Aston Villa»dan «Chelsi»ga 138 mln. €
6. Elliot Anderson (Angliya) — «Nottinghem Forest»dan «Manchester Siti»ga 135 mln. €
6. Filippe Koutino (Braziliya) — «Liverpul»dan «Barselona»ga 135 mln. €
8. Joau Feliks (Portugaliya) — «Benfika»dan «Atletiko»ga 127,2 mln. €
9. Jud Bellinghem (Angliya) — «Borussiya» Dortmunddan «Real Madrid»ga 127 mln. €
10. Bredli Barkola (Fransiya) — «PSJ»dan «Liverpul»ga 125 mln. €
10. Yan Diomande (Kot-d’Ivuar) — «Leypsig»dan «Real Madrid»ga 125 mln. €
10. Florian Virs (Germaniya) — «Bayer»dan «Liverpul»ga 125 mln. €

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar