Bugun
15
O'zbek

Dembele «PSJ» bilan shartnomasini uzaytiradi — manba

Futbol
1 sentabr, 02:00
Yangi bitim 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan bo‘ladi.
Dembele «PSJ» bilan shartnomasini uzaytiradi — manba
Foto: Getty Images

Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Usmon Dembele «PSJ» bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda L’Équipe xabar berdi.

29 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. Yangi bitim yaqin haftalar ichida imzolanishi kutilmoqda va u 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan bo‘ladi.

Dembele bungacha Parijda faoliyatini davom ettirish istagini bir necha bor bildirgandi. Qayd etilishicha, unga Saudiya Arabistoni klublaridan takliflar bo‘lgan, ammo futbolchi «PSJ»da qolishga qaror qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Dembele 2023 yildan buyon parijliklar safida o‘ynab kelmoqda. Qolaversa, fransiyalik futbolchi 2025 yil yakunlariga ko‘ra «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar