Bugun
15
O'zbek

«Everton» «Monako» bilan Balogunning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Futbol
1 sentabr, 02:45
Angliya klubi amerikalik forvard uchun 45 mln yevro to‘laydi.
«Everton» «Monako» bilan Balogunning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

«Everton» «Monako» bilan hujumchi Folarin Balogunning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Angliya klubi amerikalik forvard uchun 45 million yevro to‘laydi. Yana 5 million yevro bonuslar sifatida ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, «Monako» futbolchining kelgusidagi ehtimoliy sotuvdan ma’lum foizga ega bo‘ladi. Fransiya klubi transferga rozilik bergan. Endi «Everton» Balogun bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishi kerak.

Ma’lumot o‘rnida, Balogun 2023 yil avgust oyidan buyon «Monako»da o‘ynab kelmoqda. U Fransiya klubiga «Arsenal»dan ko‘chib o‘tgandi.

O‘tgan mavsum forvard barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda ishtirok etib, 19 ta gol urdi va 4 ta assist amalga oshirdi. Avvalroq «Monako» Balogun uchun 60 million yevro so‘rayotgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Monaco Monaco
  • Everton Everton
Bugungi yangiliklar