«Chelsi» darvozaboni Robert Sanches «Como»ga ijara asosida ko‘chib o‘tadi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Ispaniyalik darvozabon «Monza»ga ijaraga o‘tgan Noel Tornkvistning o‘rnini egallaydi. Londonliklar esa uning o‘rnini Emiliano Martinez bilan to‘ldirdi.
Ma’lumot o‘rnida, bu mavsum Sanches APLda bir o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan ikki bor to‘p o‘tkazib yubordi. O‘tgan mavsumda esa u 35 ta o‘yinda ishtirok etib, 47 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Avvalroq Joao Pedro «Chelsi» bilan shartnomasini uzaytirgani ma’lum qilingandi.