“Sassuolo” “Komo” himoyachisi Ignas van der Brempt transferini eʼlon qildi.
Belgiyalik 24 yoshli futbolchi mavsum oxiriga qadar ijara asosida “qora-yashillar” safida oʻynaydi.
Bitimda maʼlum shartlar bajarilgan taqdirda himoyachini sotib olish majburiy boʻlishi borasida bandi mavjud.
Van der Brempt oʻtgan mavsumda A Seriyaning 20 ta bahsida maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.
“Komo” van der Bremptni “Sassuolo”ga ijaraga berdi
Futbol
31 avgust, 10:14
Belgiyalik himoyachi yangi mavsumni “yashil-koʻklar” safida oʻtkazadi.
Foto: Sassuolo