Bugun
31
O'zbek

Morata Segunda jamoasi tarkibiga borib qo‘shiladi — Romano

Futbol
28 avgust, 06:27
Ispaniya milliy jamoasi sobiq forvardi yangi mavsumni ikkinchi darajali ligada o‘tkazadi.
Morata Segunda jamoasi tarkibiga borib qo‘shiladi — Romano
Foto: Gettyimages

Ispaniya milliy jamoasi sobiq forvardi Alvaro Morata Segunda vakili «Leganes» tarkibida boshlaydi. Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Italiyaning «Komo» klubi kerak bo‘lmay qolgan hujumchisini bir yilga ijaraga berib yubordi.

Shu bilan birga Morataning maoshining katta qismini (yiliga 5 mln yevro + bonuslar) italiyaliklar to‘lashda davom etadi.

Morata faoliyatining Italiyadagi yana bir sahifasi omadsiz chiqdi. Futbolchi «Milan» safida ham, «Komo» safida ham muvaffaqiyat qozona olmadi.

Yoshi sekin-asta o‘tib borayotgan forvard uchun «Leganes»dagi mavsum so‘nggi «raqs»lardan bo‘lishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Komo Komo
  • Leganes Leganes
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar