“Ipsvich” “Aston Villa” bilan hujumchi Temmi Abrahamni ijaraga olish boʻyicha kelishuvga erishdi, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano.
APLda yangi mavsumni yuqori divizionda boshlagan klub angliyali 28 yoshli futbolchiga 9-raqamni taklif qildi. Biroq Abraham hali jamoaga oʻtishga rozilik bergani yoʻq.
“Aston Villa” hujumchini yanvar oyida “Beshiktosh”dan 21 million yevroga sotib olgandi. Temmi oʻtgan mavsum APLda 12 ta oʻyinda 2 ta gol urdi.
Abraham “Chelsi” tarbiyalanuvchisi sanaladi. U faoliyati davomida “Roma” va “Milan” klublarida ham harakat qilgan.
“Ipsvich” Abrahamni ijaraga olish boʻyicha kelishuvga erishdi
Futbol
28 avgust, 05:16
Yakuniy qaror hujumchida qolmoqda.
Foto: Getty Images