Live
1
O'zbek

O‘rtoqlik o'yini. O‘zbekiston — Rossiya. Asosiy tarkiblar ma’lum

Futbol
12 noyabr, 08:45
    40
«Paxtakor» stadionida o‘tadigan bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
O‘rtoqlik o'yini. O‘zbekiston — Rossiya. Asosiy tarkiblar ma’lum
Foto: O'FA
12.11.2026, 10:00 Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari O‘zbekiston O‘zbekiston - : - Rossiya Rossiya

Bugun, 12-noyabr kuni xalqaro o‘rtoqlik bahsi doirasida O‘zbekiston va Rossiya milliy jamoalari o‘zaro maydonga tushadi.

«Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tadigan bellashuvni tojikistonlik hakam Gulmurodi Sadullo boshqaradi. Unga qanotlarda FIFA assistentlari Hasan Karimov va Farhod Quralov yordam beradi. Bahsni O‘zbekistonda Futbol TV telekanali orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston FIFA reytingida 59-o‘rinda, Rossiya esa 35-pog‘onada bormoqda.

Jamoalar so‘nggi bor 2022-yil noyabr oyida o‘zaro bahs olib borgan va unda 0:0 hisobi qayd etilgan. O‘zbekiston oktabr oyida Janubiy Koreyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan, Suriya (4:1) va Eronni (3:1) mag‘lub etgan. Rossiya esa Nigeriya bilan 3:3 hisobida durang o‘ynagan, Namibiyani 6:0, Eronni 2:0 hisobida taslim etgan.

O‘rtoqlik bahsi
O'zbekiston — Rossiya
12 noyabr. 20:00

O‘zbekiston: Nazarov, Karimov, Mozgovoy, G‘aniyev, Shomurodov, Hamdamov, Fayzullayev, Esanov, Muhammadjonov, O‘rozov, Abdumajidov.
Rossiya: Safonov, Krugovoy, Silyanov, Melexin, Vaxaniya, Batrakov, Kislyak, Oblyakov, Sadulayev, Tyukavin, Gladishev.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Rossiya Rossiya
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

40 izoh +9 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar