Ris Nelson “Arsenal”ni tark etdi
London klubi 26 yoshli yarimhimoyachi bilan shartnomani bekor qildi.
Nelson — “Arsenal” tarbiyalanuvchisi. U 2007 yildan buyon klub tizimida oʻynab kelgan va hozirgi jamoada Arsen Venger davridan qolgan soʻnggi futbolchi edi. Ris “toʻpchilar”ning asosiy jamoasi safida 90 ta bahsda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Angliyalik futbolchi 4 marta ijara asosida boshqa klublarga oʻtgan. Oʻtgan mavsumni esa “Brentford”da oʻtkazib, APL doirasida 10 oʻyinda 1 ta golga assistentlik qilgandi.

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi