Bugun
31
O'zbek

Argentina futbolchilarining diskvalifikatsiyalari oʻrtoqlik oʻyinlariga ham oʻtadi

Futbol
28 avgust, 03:16
Avvalroq FIFA JCH finalidagi harakatlari sabab Paredes, Molina va Almadani bir necha bahslarga chetlatgandi.
Argentina futbolchilarining diskvalifikatsiyalari oʻrtoqlik oʻyinlariga ham oʻtadi
Foto: Getty Images

Argentina milliy jamoasi futbolchilarining JCH-2026 finalidagi xatti-harakatlari uchun berilgan diskvalifikatsiya muddatiga oʻrtoqlik oʻyinlari ham hisobga olinadi.

Eslatib oʻtamiz, Argentina va Ispaniya (0:1) oʻrtasidagi final bahsidan soʻng maydonda jamoalar futbolchilari oʻrtasida ommaviy janjal kelib chiqqandi. Argentina milliy jamoasi va “Roma” himoyachisi Nauel Molina uning yonidan oʻtib ketayotgan Ispaniya sardori Rodrining koʻkragiga qoʻli bilan urgan. “Manchester Siti” yarimhimoyachisi toʻxtab, Molina oldiga borgan va ular oʻrtasida tortishuv boshlangan. Keyinchalik janjalga boshqa futbolchilar, jumladan, Leandro Paredes ham qoʻshilgan.

Paredes dastlab Ispaniya milliy jamoasi himoyachisi Erik Garsiyani qoʻpol tarzda itargan, soʻng uning tomogʻidan ushlagan. Jamoadoshi uchun Gavi himoyaga kelgan, biroq “Boka Xuniors” yarimhimoyachisi ispaniyalik futbolchini yerga yiqitgan.

Bundan tashqari, Argentina murabbiylar shtabi aʼzosi Roberto Ayyala final hushtagi chalinganidan soʻng ispaniyalik yarimhimoyachi Dani Olmo bilan tortishgan va keyin uning yuziga urgan. Shundan soʻng Erik Garsiya qoʻli bilan argentinalik mutaxassisni koʻkragidan yengilgina itargan.

FIFA Paredesni 10 ta, Molinani 7 ta, Tiago Almadani esa 1 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qildi. Ayyala 3 ta bahsga chetlatildi.

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) bayonotida shunday deyiladi:

“Argentina futbol assotsiatsiyasi FIFAʻga rasmiy ravishda murojaat qilib, 2026 yilgi Jahon chempionati finali vaqtida futbolchilariga, shuningdek, assotsiatsiyaning oʻziga nisbatan qoʻllanilgan sanksiyalarni A darajasidagi oʻrtoqlik uchrashuvlari va rasmiy oʻyinlarda (qaysi biri avval boʻlib oʻtsa, oʻsha bahsdan boshlab) oʻtashga ruxsat berishni soʻradi. FIFA Intizom qoʻmitasi amaldagi nizomlarga muvofiq ushbu soʻrovni qanoatlantirishga qaror qildi.

Shunga qaramay, AFA oʻz huquqlari va futbolchilarining huquqlarini himoya qilgan holda, FIFA Apellyatsiya qoʻmitasiga tegishli shikoyatlarni taqdim etish uchun qabul qilingan qarorlarning yozma asoslanishini kutib qolmoqda. Ehtimol, yakuniy instansiya Sport arbitraj sudi (CAS) boʻlishi mumkin”.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar