Bugun
31
O'zbek

“Bavariya” Saragosani yana ijaraga berdi

Futbol
28 avgust, 00:34
24 yoshli vinger Kataloniya klubiga oʻtdi.
“Bavariya” Saragosani yana ijaraga berdi
Foto: Espanyol RCD

Brayan Saragosa “Bavariya”dan “Espanyol”ga oʻtdi.

Kataloniya klubi 24 yoshli vingerni ijara asosida oʻz tarkibiga qoʻshib olganini maʼlum qildi. Bitimda futbolchini sotib olish imkoniyati ham koʻzda tutilgan. ʼ

Fabritsio Romanoning maʼlum qilishicha, toʻliq transfer “Espanyol”ga 8 million yevroga tushishi mumkin va agar futbolchi belgilangan miqdorda oʻyin oʻtkazsa, uni sotib olish majburiy boʻladi.

Oʻtgan mavsumda ispaniyalik Saragosa “Selta” va “Roma” klublarida ijara asosida toʻp tepgan. Rim klubi maʼlum shartlar bajarilgan taqdirda Saragosani sotib olishi mumkin edi, ammo yakunda futbolchi Myunxen klubiga qaytdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Espanyol Espanyol
  • Bavariya Bavariya
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar