Andrea Pinamonti “Latsio” futbolchisiga aylandi.
Rim klubi “Sassuolo”dan 27 yoshli hujumchini transfer qilganini rasman eʼlon qildi.
Janluka Di Marsioning maʼlumotiga koʻra, transfer qiymati bonuslarni ham qoʻshganda 12 million yevroni tashkil etgan.
Pinamonti oʻtgan mavsumda A Seriyasida 36 ta oʻyinda maydonga tushib, 9 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U “Sassuolo”ning eng yaxshi toʻpurariga aylangandi.
“Latsio” “Sassuolo” toʻpurarini sotib oldi
Futbol
27 avgust, 23:24
Pinamonti faoliyatini Rim klubida davom ettiradi.
Foto: Lazio