Bugun
43
O'zbek

Andorra klubi o‘z tarixida ilk bor Yevropa musobaqasining asosiy bosqichiga chiqdi

Futbol
27 avgust, 16:30
Jamoalarning dastlabki qarama-qarshiligi 2:2 hisobida yakunlangandi.
Andorra klubi o‘z tarixida ilk bor Yevropa musobaqasining asosiy bosqichiga chiqdi
Фото: Getty Images

Andorraning «Inter klub Eskaldes» jamoasi Yevropa Konferensiyalar ligasi pley-off bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi.

Jamoa pley-off javob o‘yinida Kosovoning «Drita»si bilan asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida durang o‘ynadi, - 0:0. Penaltilar seriyasida esa andorraliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Jamoalarning dastlabki qarama-qarshiligi 2:2 hisobida yakunlangandi.

Natijada Andorra klubi o‘z tarixida ilk bor Yevropa musobaqasining asosiy bosqichida ishtirok etadi.

YKL saralashi
Inter Klub Eskaldes – Drita 0:0 (penaltilar seriyasi: 4:2)
Birinchi o‘yin:
2:2

Bugungi yangiliklar