Live
14
O'zbek

Martines – «Chelsi» futbolchisi (Romano)

Futbol
27 avgust, 14:30
Transfer qiymati 7,5 million funtni tashkil qiladi.
Martines – «Chelsi» futbolchisi (Romano)
Фото: Getty Images

«Chelsi» klubi «Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martines transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Qayd etilishicha, London klubi argentinalik 33 yoshli darvozabon transferi borasida birminghemliklar bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Transfer qiymati 7,5 million funtni tashkil qiladi.

The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, Martines «ko‘klar» bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. Kelishuvda shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, Martines 2020 yildan buyon «Aston Villa» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. O‘tgan mavsumda u Angliya Premer-ligasida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 39 ta gol o‘tkazib yubordi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Aston Villa Aston Villa
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar