Live
2
O'zbek

Emiliano Martines «Chelsi»ga o‘tishga tayyor

Futbol
27 avgust, 09:01
Argentinalik darvozabon London klubining loyihasiga qo‘shilishga rozilik bergan.
Emiliano Martines «Chelsi»ga o‘tishga tayyor
Foto: Getty Images

«Aston Villa» va Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines «Chelsi»ga o‘tishga tayyor. Fabritsiyo Romanoning yozishicha, futbolchi London klubiga o‘tish istagini bildirgan va transfer oynasi yopilguniga qadar kelishuv amalga oshishiga umid qilmoqda.

Martines «Chelsi» loyihasida ishtirok etishga rozilik bergan. Ayni paytda klub ichidagi muzokaralar davom etmoqda. «Tottenhem» esa hozircha Kinski va Dubravkaning xizmatlaridan mamnun bo‘lgani sababli argentinalik darvozabonga qiziqish bildirmayapti.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli Martines 2025/2026 yilgi APL mavsumida 32 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Shuningdek, uning hisobida Yevropa Ligasidagi 11 ta bahs bor.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar