«Milan» yarim himoyachisi Yussuf Fofana «Brayton», «Kristal Pelas» va «Nottingem Forest» klublari qiziqishlari doirasida. Ekrem Konurning yozishicha, hozircha «Milan»ga rasmiy taklif kelib tushmagan.
Italiya klubi 27 yoshli futbolchi uchun 15-20 mln yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Fofana ushbu mavsumda hali maydonga tushmadi. Fransiyalik futbolchining «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt uning bozor qiymatini 23 mln yevroga baholamoqda.