Live
2
O'zbek

Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi Infantinoni qo‘llab quvvatladi

Futbol
27 avgust, 09:10
Tashkilot jahon futbolidagi birdamlik muhimligini ta’kidladi.
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi Infantinoni qo‘llab quvvatladi
Foto: Getty Images

Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi (SAFF) FIFA prezidenti Janni Infantinoni qo‘llab quvvatlashini ma’lum qildi. Federatsiya rahbariyatining bayonotida so‘nggi voqealar yuzasidan FIFAning xatolarini tan olgani, uzr so‘ragani va FIFA Forward Enterprise loyihasini davom ettirmaslikka qaror qilgani ijobiy qadam sifatida baholangan.

SAFF FIFA boshqaruvidagi jarayonlar, muloqot va hamkorlikni yaxshilash hamda shaffoflikni oshirish zarurligini ta’kidladi. Federatsiya FIFA rahbariyati, FIFA kengashi a’zolari, konfederatsiyalar va milliy assotsiatsiyalar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lishiga chaqirdi.

Shuningdek, Saudiya federatsiyasi FIFA prezidenti va tashkilot rahbariyatining futbol oilasida birdamlikni tiklash borasidagi sa’y harakatlarini qo‘llab quvvatlashini bildirdi.

Ma’lumot uchun, SAFF so‘nggi uchta jahon chempionati global futbol oilasi birgalikda harakat qilganda nimalarga erisha olishini ko‘rsatganini qayd etdi.

Bugungi yangiliklar