Mikel Arteta Gabriel Martinellining «Arsenal»dagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
«Hamma Gabini qanchalik yaxshi ko‘rishimizni va qadrlashimizni biladi. Qanday qaror qabul qilinmasin, u barcha tomonlarning roziligi bilan amalga oshadi», — dedi Arteta.
Hozirda Martinellining kelajagi borasida noaniqlik saqlanib qolmoqda. Braziliyalik futbolchining «Al Hilol»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan.