Bugun
20
O'zbek

Jezus «Arsenal»da qolishga qaror qildi

Futbol
26 avgust, 17:35
Braziliyalik hujumchi zaxira futbolchisi maqomida qolishga ham tayyor.
Jezus «Arsenal»da qolishga qaror qildi
Foto: Getty Images

«Arsenal» hujumchisi Gabriel Jezus klubni tark etishni istamayapti. 29 yoshli futbolchi London jamoasida qolib, 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnomasini oxirigacha bajarishni rejalashtirmoqda.

Transfer News Live UOL Esporte'ga tayanib xabar berishicha, braziliyalik futbolchi Mikel Arteta jamoasida zaxirada qolishiga ham rozi. Ayni paytda Jezus haftasiga 265 ming funt atrofida maosh oladi.

Hujumchiga avvalroq «Napoli», «Milan», «Everton» va «Ipsvich» klublari qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan. Transfermarkt uning bozor qiymatini 17 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar