Niko Gonsales «Manchester Siti»dan «Nyukasl»ga o‘tdi. Transfer haqida Manchester klubi matbuot xizmati rasman ma’lum qildi.
24 yoshli yarimhimoyachi yangi jamoasi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi va «Nyukasl» safida 6 raqam ostida o‘ynaydi.
Gonsales «Manchester Siti»da 2025 yil fevralidan buyon to‘p tepib kelayotgandi. «Barselona» tarbiyalanuvchisi Angliyaga «Portu»dan ko‘chib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, futbolchi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, transfer qiymati 58,5 million yevroni tashkil qilgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi